Bakalavriat

XALQARO DASTUR, BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYA

XALQARO DASTUR, BUXGALTERIYA HISOBI VA MOLIYA

Kontrakt narxlari (1 yil uchun):

  • 16 500 000 so‘m (kunduzgi ta’lim – stipendiyasiz) - 50 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori);
  • 10 890 000 so‘m (sirtqi ta’lim) - 33 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori)

Yo’nalish o’z ichiga ACCA xalqaro dastur bo’yicha professional buxgalteriyani o’qitishni qamrab oladi. Talabalar ACCA ning 9ta maxsus asosiy fanlaridan iborat dasturlarni va Iqtisodiyot, Akademik Ingliz tili, Shaxsiy rivojlanish va h.k. kabi bir qator fanlarni ham asosiy fanlar ichida o’rganadilar. 

Ushbu kurs Xalqaro Diplomli va Sertifikatlangan Buxgalterlar Assotsiatsiyasi (Buyuk Britaniya)ning qulay va variativ ta’lim dasturlari asosida buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish  va moliyaviy boshqaruv sohasida xalqaro darajadagi tayyorgarlik va bilim berishga qaratilgan. Bu tizimning o’ziga xos noyobligi kasbiy bilim va tajriba darajasi turlicha bo’lgan talablarga ta’lim olish imkoniyatlarini yaratadi.

ACCA kursi moliyaviy menejment, audit yoki soliq sohasida mutaxassis bo'lish istagidan bo'lgan barcha uchun mo'ljallangan. ACCAga a'zo bo'lganlar moliyaviy hisobot, boshqaruv hisoboti, soliqqa tortish, axborot texnologiyalari, strategik rejalashtirish va umumiy menejment sohalarida muvaffaqiyatga erishish imkoniyatini beruvchi bilim va ko'nikmalarga ega bo'ladilar.

ACCA kvalifikatsiyasi turli biznes sektorlarida muvaffaqiyatli mavqega ega bo'lishga – davlat yoki xususiy sektorda, buxgalteriya firmasida, xorijiy kompaniyada yoki – moliya, buxgalteriya hisobi, audit, korporativ va soliq huquqi sohasida shaxsiy biznesni tashkil qilishda yordam beradi.  ACCA dasturi hisobotlar, etika, boshqaruv masalalari, shuningdek moliya, buxgalteriya hisobi va audit sohasida xalqaro standartlarga rioya qilishga alohida e'tibor qaratadi.

ACCA kvalifikatsiyasi Xalqaro Buxgalteriya Federatsiyasining (IFAC, Shveytsariya) buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro standartlariga muvofiq keladi.

ACCA kvalifikatsiyasiga ega bo'lish moliya mutaxassislariga istalgan sohada katta muvaffaqiyatlarga erishishda yordam beradi: davlat yoki xususiy sektorda, buxgalteriya firmasida, xorijiy kompaniyada ishlashi yoki shaxsiy biznes bilan shug`ullanishi mumkun.

ACCA dasturining o'ziga xos asosiy xususiyatlaridan biri ta'lim mazmuni va tarkibining har yili xalqaro buxgalterlik amaliyoti tamoyillari va biznes, hisobotlar va dunyo iqtisodiyoti sohalarida qadriyatlarning dolzarb o'zgarishlariga muvofiq holda yangilanishi hisoblanadi.              

FANLAR RO'YXATI:

  • F1 - Accountant in Business, Buxgalter va Biznes;
  • F2 - Management Accounting, Boshqaruv Hisobi;
  • F3 - Financial Accounting, Moliyaviy Hisob;
  • F4 - Corporate and Business Law (GLO), Korporativ Biznes Huquq;
  • F5 - Performance Management, Samaradorlik Boshqaruvi;
  • F6 - Taxation (EN), Soliq, Buyuk Britaniya;
  • F7 - Financial Reporting, Moliyaviy Hisobot;
  • F8 - Audit and Assurance, Audit va Boshqa xizmatlar;
  • F9 - Financial Management, Moliyaviy Menejment;
  • English for Academic Purposes, Akademik Ingliz Tili;
  • Research and Analysis Project, Diplom Ishi.

MASHG'ULOTLAR TURI:

Ma’ruzalar, Kichik guruhli mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar, Keys vorkshoplar, Amaliy mashg’ulotlar.

O’QISH DASTURI:

Oktyabr – Iyul (An’anaviy Yozgi Qabul).

O’QISH VAQTI:

Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 20:00 (Dars jadvali akademik yil boshida aniq e'lon qilinadi).

Talablar:

  • ISFT Umumta’lim kursini (1 kurs) muvaffaqiyatli tugatish.
inter INTERVYU
art

MAQOLALAR

SIZ UCHUN ENG YAXSHI MAQOLALAR

SCOPUS — ASOSIY MEZONLAR, AFZALLIK VA IMKONIYATLAR
calendar 2023-11-24 23:04:35
vec 123

TANLOVLAR VA GRANTLAR

calendar 2023-11-24 23:04:35
vec 123