Boshlang'ich ta'lim Bakalavriati
Narxi (1 yil uchun):
• 16 500 000 so‘m (kunduzgi ta’lim – stipendiyasiz) - 50 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori)
• 10 890 000 so‘m (sirtqi ta’lim) - 33 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori)
Boshlangʼich taʼlim yoʼnalishi – boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchisini tayyorlaydigan, jamiyatda oʼz oʼrniga ega boʼladigan raqobatbardosh mutaxassis kadrlar tayorlaydigan yoʼnalish boʼlib, Oʼzbekiston Respublikasining davlat va xususiy maktablarida 1-4 sinfgacha oʼqitish uchun moʼljallangan taʼlim jarayoniga tayyorlaydigan soha boʼlib, boʼlajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilarini professional darajaga yetkazishga, ularni jamiyatdagi rolini oshirish, yangi innovatsion texnologiyalar asosida oʼqitishga qaratilgan.
Dastur talablari asosida boshlangʼich sinf oʼqituvchisi uchun zarur boʼlgan bilim, koʼnikma va malakalarni oʼzlashtirishga nazariy va amaliy yordam beradi. Bolajak boshlangʼich sinf oʼqituvchilari pedagogik nazariyani, oʼqitish metodikasini va psixologik tushunchalar, bilish jarayonlarini hamda boshlangʼich taʼlim nazariyasi boʼyicha kurslarda faol qatnashadilar. Shuningdek, oʼquv kurslarda umumiy fundamental bilimga ega boʼladilar.
MASHG'ULOTLAR TURI:
Ma’ruzalar, Kichik guruhli mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar, Keys vorkshoplar, Amaliy mashg’ulotlar.
O’QISH DASTURI:
Oktyabr – Iyul (An’anaviy Yozgi Qabul).
O’QISH VAQTI:
Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 20:00 (Dars jadvali akademik yil boshida aniq e'lon qilinadi).
Kunduzgi ta'lim bo'yicha talablar:
Ta'lim faqat o'zbek tilida olib boriladi.
Kirish imtihonlari:
Diqqat!!! Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, abituriyent maxsus komissiya suhbatidan o'tishi hamda mantiqiy test sinovidan o'tishi lozim. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyent kunduzgi ta'limga grant asosida o‘qishi mumkin bo'ladi.
Sirtqi ta'lim uchun talablar:
Diqqat!!! Mazkur taʼlim yoʼnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʼyicha oʼqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʼlgan shaxslar qabul qilinadi (PQ-289). Sirtq taʼlim shakli boʼyicha oʼqish istagida boʼlgan shaxslarning taʼlim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi «Yagona milliy mehnat tizimi» platformasida aniqlanadi.
Ta'lim faqat o'zbek tilida olib boriladi.
Kirish imtihonlari: