Gumanitar dasturlar

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA BAKALAVRIATI

Pedagogika va psixologiya Bakalavriati

Narxi (1 yil uchun):

• 16 500 000 so‘m (kunduzgi ta’lim – stipendiyasiz) - 50 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori)

• 10 890 000 so‘m (sirtqi ta’lim) - 33 BHM (Bazaviy hisoblash miqdori).

Dastur maqsadi:

 Hayotiy ta’lim tizimini o‘quvchi shaxsini rivojlantirish vazifalari va istiqbollarini doimiy ravishda kuzatib borish bilan o‘quv jarayonini rejalashtirish va kuzatishga yo‘naltirish o‘z ishi va talabalar mehnatining natijalarini kerakli darajada va zamonaviy vositalardan foydalangan holda baholay oladigan o‘qituvchini tayyorlashni talab qiladi. Bu shuni anglatadiki, zamonaviy ta’limga pedagogik diagnostika progressiv arsenaliga ega bo‘lgan, natijalarni miqdoriy baholashning instrumental usullaridan o‘quv va tarbiya ishlarini takomillashtirish zaxiralarini topish vositasi sifatida foydalana oladigan o‘qituvchilar kerak.

 

MASHG'ULOTLAR TURI:

Ma’ruzalar, Kichik guruhli mashg’ulotlar, Jamoaviy loyihalar, Ta’limiy seminarlar, Keys vorkshoplar, Amaliy mashg’ulotlar.

O’QISH DASTURI:

Oktyabr – Iyul (An’anaviy Yozgi Qabul).

O’QISH VAQTI:

Dushanba – Shanba, taxminan 9:00 – 20:00 (Dars jadvali akademik yil boshida aniq e'lon qilinadi).

 

Kunduzgi ta`lim uchun talablar:

Milliy guruh (O'zb), darslar o'zbek tilida olib boriladi.

Imtihon fanlari:

  • Biologiya bo'yicha test ;
  • Ona - tili va adabiyot bo'yicha test .
  • Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball toʻplagan abituriyentlar talabalikga tavsiya etiladi.
  • Diqqat!!! Kirish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgandan so'ng, abituriyent maxsus komissiya suhbatidan o'tishi hamda mantiqiy test sinovidan o'tishi lozim. Barcha bosqichlardan muvaffaqiyatli o'tgan abituriyent kunduzgi ta'limga grant asosida o‘qishi mumkin bo'ladi.

 

Sirtqi ta`lim uchun talablar:

Diqqat!!! Mazkur taʼlim yoʼnalishlariga sirtqi taʼlim shakli boʼyicha oʼqishga taʼlim tizimida pedagogik faoliyatga oid kamida besh yillik ish stajiga ega boʼlgan shaxslar qabul qilinadi (PQ-289). Sirtq taʼlim shakli boʼyicha oʼqish istagida boʼlgan shaxslarning taʼlim tizimida kamida besh yillik pedagogik ish stajiga ega ekanligi «Yagona milliy mehnat tizimi» platformasida aniqlanadi.

Milliy guruh (O'zb), darslar o'zbek tilida olib boriladi.

Imtihon fanlari:

  • Biologiya bo'yicha test;
  • Ona - tili va adabiyot  bo'yicha test.
  • Qabul tanlov asosida amalga oshiriladi, yuqori ball toʻplagan abituriyentlar talabalikga tavsiya etiladi.
inter INTERVYU
art

MAQOLALAR

SIZ UCHUN ENG YAXSHI MAQOLALAR

SCOPUS — ASOSIY MEZONLAR, AFZALLIK VA IMKONIYATLAR
calendar 2023-11-24 23:04:35
vec 123

TANLOVLAR VA GRANTLAR

calendar 2023-11-24 23:04:35
vec 123