Maqolalar

O‘ZBEKISTON-TURKIYA IKKINCHI TA’LIM FORUMI

Bugun, 2023 yil 14 noyabr kuni O‘zbekiston-Turkiya ikkinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi. Uni Oliy ta’lim kengashi raisi Odil Abdurahmonov va Turkiya Oliy ta’lim kengashi raisi Erol O‘zvar ochib berdilar.

Tadbirda Turkiya oliy ta’lim kengashi rahbariyati, 40 dan ortiq Turkiyaning nufuzli oliygohlari rektor va prorektorlari hamda 50 dan ortiq O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirok etmoqda.

Forumning shoʻba yig‘ilishlari doirasida ikki davlatning oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida B2B shaklida qator hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar yakunida ikki davlat universitetlariaro oʻquv va ilmiy sohalarda hamkorlikni kuchaytirish, oliy malakali pedagog-kadrlar tayyorlash, professor-oʻqituvchilar, magistrlar hamda talabalar almashinuvi, pedagoglarni qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish, malaka oshirish, hammualliflikda ilmiy loyihalarni amalga oshirish, muhandislik va texnika sohalarida oʻzaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish borasida 70 ga yaqin kelishuv hujjatlari imzolandi.

inter INTERVYU
art

MAQOLALAR

SIZ UCHUN ENG YAXSHI MAQOLALAR

SCOPUS — ASOSIY MEZONLAR, AFZALLIK VA IMKONIYATLAR
calendar 2023-11-24 23:04:35
vec 123

TANLOVLAR VA GRANTLAR

calendar 2023-11-24 23:04:35
vec 123