Maqolalar

O‘RGANISH UCHUN ENG QULAY VA OSON ‘‘IZOLYATSIYALANGAN TIL”

Koreys tili bugungi kunda dunyodagi eng mashhur Sharqiy Osiyo tillaridan biridir. Koreys tilini o‘rganuvchi va madaniyatiga qiziquvchilar  uchun bu ma’lumotlardan xabardor bo‘lish ham muhimdir.

Koreys tili dunyodagi eng ko‘p gapiriladigan tillar orasida 17-o‘rinda turadi.  Mazkur tilda dunyo bo‘ylab 82 milliondan ortiq inson so‘zlashadi.  Bu Koreya yarim orolida so‘zlashadigan, Janubiy va Shimoliy Koreyada rasmiy va milliy tildir. Shuningdek, AQSh, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Ukraina va Turkiyada koreys merosiga ega odamlar tomonidan foydalaniladi.

 Koreys tili tilshunoslar uchun, ayniqsa, o‘zgacha, uni ‘‘Izolyatsiyalangan til” deb atashadi. Bu boshqa tillar yoki til oilalari bilan bog‘liqligi hech qachon isbotlanmaganligi sabablidir.

 Ko‘p yillar davomida turli tilshunoslik tadqiqotlari koreys tilini boshqa tillar va til oilalari bilan bog‘lashga harakat qildi, masalan, turk, paleo-sibir tillari va hatto Janubiy Hindistonning dravid tillarini o‘z ichiga olgan Oltoy oilasi. Uni boshqa biror til oilasi bilan bog‘lash uchun hech qanday aniq dalil bo‘lmagan. Ba’zi tilshunos olimlar, shuningdek, yapon tili bilan solishtirganda, u tuzilishi jihatidan o‘xshash, ammo lug‘atda aksi ekanligini ta’kidladilar. Koreys tili ham undosh va unli tovushlarning ancha keng diapazoniga ega yapon tilidan fonetik jihatdan farq qiladi.  Bu boradagi jamoaviy fikr shundan iboratki, ikkala til ham ming yillar davomida yaqin joyda yashab kelgan va yillar davomida bir-biridan o‘ziga xos xususiyatlarni olgan.

Koreys tilining yana bir o‘ziga xos xususiyati uning boshqa tillardan tubdan farq qiluvchi alifbosi Hangeuldir.

 Koreys yozuv tizimi ajoyib tarzda ishlab chiqilgan va oson o‘rganish uchun yaratilgan. U XV asrda qirol Sejong tomonidan ishlab chiqilgan. Qirol Sejongning ushbu yozuvni yaratishdagi asosiy maqsadi savodxonlikni oshirish bo‘lganligi sababli uni tez o‘rganishga imkon bergan. Koreys alifbosi ko‘pincha dunyodagi eng mukammal yozuv tizimlaridan biri sifatida tilga olinadi. Chunki u deyarli to‘liq fonetik  katta va kichik harflar o‘rtasida farq qilmaydi. Hangeul jami 24 ta belgini o‘z ichiga oluvchi 10 unli va 14 undoshga ega.  U 11 ta murakkab unli va 5 ta qoʻsh undoshdan iborat. Belgilar bo‘g‘in bloklarida tashkil etilgan bo‘lib, Hangeul “Bo‘g‘inli alifbo” ga aylandi.

Koreys tilini yana bir qiziq tarafi shundaki, bu til bir vaqtlar birlashgan, hozirda kapitalistik Janubiy Koreya va kommunistik Shimoliy Koreyaga bo‘lingan davlatning ikki xil siyosiy tizimini qamrab olgan tildir.  Umuman olganda, shimoliy va janubiy koreyslar bir-birini tushunishadi, lekin lug‘atda, ayniqsa, siyosiy sohada juda ko‘p farqlar mavjud.

 Koreyslar o‘z alifbosini shunchalik sevadilar va hurmat qiladilarki, uning hatto o‘ziga xos kuni ham bor!  Har yili 9-oktyabrda Janubiy Koreyada, 15-yanvarda Shimoliy Koreyada “Hanguel kuni” nishonlanadi. Janubiy Koreyada 2013-yildan buyon bu kun Milliy bayram sifatida nishonlanadi.

Koreys tili juda ko‘p o‘ziga xos xususiyatlarga ega qiziqarli tildir. Ushbu tilni o‘rganish (ingliz zabonlar uchun) qiyin, lekin ayni paytda qiziqarli va foydali. Umuman olganda, yangi til o‘rganish, madaniyatlar va urf-odatlar haqida xabardor bo‘lish hayotga yorqinroq nigoh bilan boqishga yordam beradi.

Amerikalik olim Noam Xomskiy ta’biri bilan aytganda, ‘‘Til shunchaki so‘z emas. Bu madaniyat, an’ana, jamoaning birlashuvi, jamiyat nima ekanligini yaratuvchi butun bir tarixdir. Bularning barchasi tilda mujassamlashgan’’.

Mohinur ABDUVAHOBOVA
O‘zDJTU, Media va kommunikatsiya fakulteti talabasi

inter INTERVYU
art

MAQOLALAR

SIZ UCHUN ENG YAXSHI MAQOLALAR

SCOPUS — ASOSIY MEZONLAR, AFZALLIK VA IMKONIYATLAR
calendar 2023-11-24 23:04:35
vec 123

TANLOVLAR VA GRANTLAR

calendar 2023-11-24 23:04:35
vec 123