Scopusda indeksatsiya qilish butun dunyo bo’ylab jurnallar uchun katta yutuq hisoblanadi va bu jihat ilmiy jamiyatning boshqa a’zolari uchun jurnalning sifatini tasdiqlab beradi.
Scopus uchun minimal mezon:
Scopusga kirgan jurnalning qanday afzalliklari bor?
Scopusga qabul qilingan jurnal:
Jurnalning Scopusda keltirilganligini bilish qanchalik muhim?
Jurnalning Scopusga kiritilganligi uni ilmiy jamoatchilik uchun potensial ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Scopusga kiritilgan jurnallar boshqa shu sohadagi jurnallardan o’zining ahamiyati bilan farqlanadi, ya’ni Scopus bazasiga kiritilgan nashrlar jurnallarni baholash jarayonida yuqori o’rinda turadi. Bundan tashqari, Scopusga kiritilgan jurnallar shu sohada ilmiy tadqiqot qilish uchun eng yaxshi indikatorlardan hisoblanadi.
Nima uchun maqolaning annotatsiyasi ingliz tilida bo’lishi kerak?
Ingliz tili xalqaro ilmiy hamjamiyatning asosiy tili. Shuning uchun, Scopus (sarlavha, annotatsiya, kalit so’zlar)da taqdim etilgan barcha kontent ingliz tilida bo’lishi kerak. Bundan tashqari, Scopusda kontentni indeksatsiya qilish, profillash va qayta ishlash ingliz tilida amalga oshiriladi.
Scopusga kiritilgan nashrlarning to’liq matni istalgan tilda yozilishi mumkin (sarlavha, annotatsiya va kalit so’zlar ingliz tilida yozilgan bo’lsa). Hozirgi vaqtda Scopus 40 tilda ilmiy maqolalarni nashr etadi.
Scopusda konferensiya materiallari ham chop etilishi mumkinmi?
Konferensiya materiallari Scopusga kiritilishi mumkin, faqat talab – konferensiya materiallari ham davriylik xususiyatiga ega bo’lishi lozim, shuningdek, materiallar Scopusning barcha minimal mezonlariga javob berishi kerak. Konferensiya materiallari jurnallar bilan bir xil talabda ko’rib chiqiladi.
Scopus Tarkibi:
Funksional imkoniyatlari: