Talabalar ba’zida o‘qish jarayonlarida yoki maqsadga intilishda sustlashib qoladi, ya’ni rivojlanishga va biror yangilik yaratishga ishtiyoqlari yo‘qolib qoladi. Shunday vaziyatlarda ularga MOTIVATSIYA qanday ta’sir qiladi va foyda beradi? Bundan avval motivatsiya nima ekanligini bilib olish zarar qilmaydi.
“Motivatsiya” so‘zi “motiv” so‘zidan olingan bo‘lib, “harakat qilish, undash” degan ma’noni anglatadi. Motivatsiya — talabaning akademik tayyorgarligi va bilim olishga intilishining ajralmas omilidir. Umumiy qilib aytganda, ma’lum bir maqsadga yo‘naltirilgan harakatni yanada kuchaytirish jarayonidir.
MUVAFFAQIYATGA ERISHISH UCHUN TALABALAR QANDAY QILIB MAQSADGA BO‘LGAN ISHTIYOQINI OSHIRISH MUMKIN?
1. Professor-o‘qituvchilarning yutuqlari talabalarni mukammal bilim olishga va maqsad sari olg‘a qadam bosishga turtki bo‘ladi. Shuning uchun, oliy ta’lim maskanidagi professor-o‘qituvchilar ko‘proq o‘zlarining qiyinchiliklar bilan erishgan muvaffaqiyatlari to‘g‘risida suhbatlar olib borishi kerak. Qo‘shimcha ravishda, murakkab vaziyatlardan chiroyli chiqib ketish usullari ham aytilsa, kelajakda talabalar shu kabi vaziyatlarni oldini olishga harakat qiladi.
2. Ota-onalar farzandlariga sof muhit yaratib berishi muhim tomonlardan biri hisoblanadi. Sof muhit deganda faqat moddiy tomondan emas, balki ularni ruhlantirib, maqsadlar yo‘lida ishonchini so‘ndirmasligiga undab turishi ota-onalarning bergan ma’naviy ozuqasidir. Bu jarayonda ota ham ona ham farzandining tanlagan yo‘lida yorqin zafarlar quchishiga ishonishlarini aytib, kayfiyatini ko‘tarib turishi zarur.
3. Mashhur insonlarning mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tgani haqida hujjatli film yoki video-roliklarni ko‘rish talabalarda qiyinchilikga bo‘lgan munosabatini yaxshi tomonga oz bo‘lsa ham o‘zgartira oladi, ya’ni muvaffaqiyatga tez va oson erishib bo‘lmasligini va sabr, kuchli mehnat bilan yetishishi ma’lum bo‘ladi.
Motivatsiya orqali talabalarda oldiga aniq bir maqsadni qo‘yish va unga qarab harakat qilish shakllanadi.
Mazkur taniqli insonlarning motivatsion iqtiboslarini o‘qishni tavsiya etamiz:
O‘zingiz o‘zingizga motivatsiya bo‘ling!
HARAKATDAN TO‘XTAMANG!
Saida Sabirova,
O‘zDJTU Media va kommunikatsiya
fakulteti 2-bosqich talabasi